Abduqodir Husanov Premier-ligada eng yaxshi ko‘rsatkichlardan birini qayd etmoqda

  • 25.03.2026 01:37
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida to‘p surayotgan markaziy himoyachilar orasida to‘pga tashlanib olib qo‘yish (podkat) bo‘yicha eng yaxshi natijalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Abduqodir Husanov ushbu reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Manchester Siti" safida harakat qilayotgan 22 yoshli himoyachi bir o‘yinga o‘rtacha 1.12 ta "podkat" tashlab, to‘p olib qo‘yish ko‘rsatkichini qayd etgan. Bu natija Premier-ligadagi barcha markaziy himoyachilar orasida eng yuqorisi hisoblanadi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Kristofer Ayer (0.96), uchinchi pog‘onani esa Kristian Romero (0.94) egallab turibdi. Shuningdek, ro‘yxatdan Trevo Chaloba, Markos Senesi va Mikki van de Ven kabi himoyachilar ham joy olgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida "FIFA Series-2026" turniriga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!