Adama Traore APLning boshqa bir klubiga o‘tmoqda

  • 12 avgust, 2023, 22:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, "Vulverxepton" bilan shartnomasini uzaytirmay, erkin agentga aylangan Adama Traore faoliyatini APLda davom ettiradigan bo‘ldi. Futbolchi uchun "Fulxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, ispaniyalik vinger bilan londonliklar kelishib olgan. Mazkur transfer amalga oshish arafasida. Futbolchini "Milan" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga uringandi. Ammo u Italiyaga yo‘l olmadi. 

Ma’lumot uchun, Traore "bo‘rilar" safida 5 yil davomida to‘p tepdi. Uning ayni paytdagi "transfermarkt" portalidagi narxi 10 million evroni tashkil qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!