Adesanya faoliyatida nega bunchalik uzoq tanaffus qildi?

  • 13 avgust, 2024, 16:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya faoliyatida nega deyarli bir yil  tanaffus qilganini tushuntirdi.

"Men ongli ravishda tanaffusga chiqdim, chunki chempion sifatida bir yilda 3-4 ta jang o‘tkazdim. O‘shanda UFC dan kimdir menga sekinlashish kerakligini aytgandi. Lekin men juda qaysar edim. Ammo kun kelib, hayot o‘zingizni va tanangizni tinglashga majbur qilarkan. Shuning uchun vaqt topib, o‘zimga dam berishga qaror qilgandim", – dedi Adesanya.

Eslatib o‘tamiz, Adesanya(24-3) 18 avgust kuni Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 305" turnirining asosiy to‘qnashuvida amaldagi chempion janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessi(21-2)ga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!