Advokat Shotlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 26 aprel, 2019, 16:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shotlandiya futbol federatsiyasi gollandiyalik mashhur mutaxassis Dik Advokat bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda The Scottish Sun nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 71 yoshli mutaxassis Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Advokatning o‘zi shotlandiyaliklarga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Ta’kidlash lozimki, u hozirda “Utrext” klubi bosh murabbiyi hisoblanadi va uning ushbu klub bilan shartnomasi bor.

Eslatib o‘tamiz, Advokat murabbiylik faoliyatining asosiy qismini terma jamoalarda o‘tkazgan. U o‘z vaqtida Gollandiya, BAA, Janubiy Koreya, Belgiya, Rossiya va Serbiya terma jamoalariga ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!