Afrika Millatlar kubogi. Marokash yirik hisobda zafar quchib, pley-offga chiqdi. Misr esa durang o‘ynadi

  • 30.12.2025 02:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Afrika Millatlar kubogining 3-turida Marokash terma jamoasi Zambiya bilan to‘qnash kelib, 3:0 hisobida zafar quchdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 
 
Dastlab, Ayub el-Kaabi 9-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 27-daqiqaga kelib esa Braim Dias ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Ayub el-Kaabi qaychi uslubida chiroyli gol urib, dublni rasmiylashtirdi va o‘yinga nuqta qo‘ydu. 
 
 Misr terma jamoasi esa Angola bilan nursiz 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!