Afrika Millatlar kubogining 1-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Guruhlardagi holat bilan tanishing
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Afrika Millatlar kubogi start oldi va kecha Kamerun ishtirokidagi to‘qnashuv orqali 1-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Ushbu tur doirasida qiziqarli va gollarga boy bellashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Marokash terma jamoasi Komorni 2:0 hisobida taslim etdi. Misr va Nigeriya Zimbabve hamda Tanzaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. Tunis Ugandani 3:1 hisobida, Jazoir esa Sudanni 3:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi. Turning so‘nggi bahsida esa Kamerun terma jamoasi Gabonni minimal hisobda engdi.
Mazkur o‘yinlardan so‘ng guruhdagi holat bilan tanishing.
Fikrlar