Asosiy mazmunga oʻtish

Afrikalik murabbiy "Real Madrid"ni boshqarishi mumkin

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

U o‘zining futbolchilik faoliyatida Ispaniyaning "Valensiya" klubi safida ham to‘p tepgan.

Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Shell Madriddning "Real" klubi bilan bog‘liq orzusi haqida gapirdi. Malida tug‘ilgan murabbiy kelajak rejalari va Yevropa futboldagi muvaffaqiyatga erishish istagi borligini ma’lum qildi.

“Maqsadim – "Real Madrid"ni boshqargan ilk afrikalik murabbiy bo‘lish”, — dedi Shell RMC Sportga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, yanvarda 48 yoshli murabbiy Nigeriya bilan Afrika Kubogi-2025da uchinchi o‘rinni egalladi. U o‘zining futbolchilik faoliyatida Ispaniyaning "Valensiya" klubi safida ham to‘p tepgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q