Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Afruza Hamdamova Jahon kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Hamdamova mazkur turnirning 9 turidan 6 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etdi

Hamyurtimiz Afruza Hamdamova Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan 3.4-hududiy Osiyo chempionatida faxrli birinchi o‘rinni egallab, joriy yilning 5–29 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tadigan FIDE Jahon Kubogi musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Hamdamova mazkur turnirning 9 turidan 6 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etib, jami 7,5 ochko to‘pladi va reytingini 17,6 ballga yaxshiladi.

Afruza Hamdamova bilan faxrlanamiz hamda bo‘lajak Jahon Kubogida unga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q