Afsus!!! Yana bir vakilimiz Jahon chempionatida qatnashmaydi
Unga tezroq sog‘ayishini tilab, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zosi Sunnat Jo‘raev Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, futzalchimizning xochsimon payi lat egan va endilikda u operatsiya qilinadi.
Afsuski, futzalchimiz bir qancha muddatga safdan chiqdi va yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Sunnatning tezroq sog‘ayishini tilab, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.


Izohlar (0)