Agar "Barselona" Reshfordni sotib olmasa, MYuga tovon puli to‘laydi

  • 22.07.2025 17:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Markus Reshford 2026 yilning iyunigacha ijara asosida "Barselona"ga o‘tdi. Kataloniyaliklar "Manchester Yunayted" bilan keyinchalik sotib olish huquqi bilan bitim shartlarini kelishib bo‘lgan.

COPE jurnalisti Migel Rikoning xabar berishicha, agar "Barselona" doimiy transfer variantini faollashtirmasa, klub 5 mln evro atrofida tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Reshford maoshini 30 foizga kamaytirishga rozi bo‘ldi, ammo buni hisobga olganda ham u taxminan 14 million evro ishlab topadi. Futbolchini sotib olish kataloniyaliklarga 30-35 mln evroga tushadi.

Markus "Manchester Yunayted" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Aston Villa"da ijarada o‘tkazdi. Uning "Yunayted" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining ayni damdagi narxi 50 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!