AGMK 2 ta futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkazdi va jamoa tarixidagi eng yosh futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 20 iyul, 2022, 16:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK mavsumlar oralig‘ida amalga oshirgan ikki transferini PFL ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Tecno

Jumladan, yarim himoyachi Muhammadanas Hasanov va himoyachi Artyom Filiposyan rasman ikkinchi davrani olmaliqliklar safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, ushbu ikki futbolchi AGMK bilan 2023 yilning 31 dekabriga qadar shartnoma imzolagan.

Shuningdek, AGMK yosh iste’dodli futbolchi Nodir Abdurazzoqov bilan ham amaldagi shartnomani 2024 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirgan.

Eslatib o‘tamiz, Nodir Abdurazzoqov o‘tgan mavsum "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda 17 yosh 65 kunlik paytida maydonga tushgan va AGMK safida maydonga tushgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylangan edi.

transfer

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!