AGMK mavsumni durang bilan boshladi. Mirjalol Qosimov bunga qanday izoh berdi?

  • 1 mart, 2020, 15:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliga 1-turidan o‘rin olgan AGMK - "Metallurg" uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Avvalambor 2020 yilgi O‘zbekiston chempionatining boshlangani bilan tabriklayman. "Metallurg"ga qarshi qiyin o‘yin bo‘ldi, menimcha, uchrashuv avvalida yomon taassurot qoldirmadik. Bir nechta vaziyatlar bo‘ldi va gol urdik. "Metallurg" qarshi hujumda to‘p kiritib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymda hech qaysi jamoa yutqazishni xohlamadi, jangovor o‘yin bo‘ldi. Birinchi o‘yinda qandaydir hayajon ham bo‘ldi. O‘z uyimizda g‘alaba qozonishimiz kerak edi, biroq haqli ravishda durang qayd etildi.

Hisobni ochganimizdan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilishimiz kerak edi. Futbolda ozgina xotirjamlik ham katta xatodir. Futbol shunisi bilan qiziq.

- Maydonga tushgandan keyin gol urishga harakat qilinadi, ammo raqib haqida ham unutib qo‘ymaslik kerak. 120 daqiqa davomida umuman gol urilmasligi mumkin. Albatta, g‘alaba qozonishni istaymiz, ammo doim ham o‘ylaganingiz amalga oshavermaydi.

Bir qator futbolchilar kichik jarohatlar olishdi. Futbol to‘qnashuvlarga boy sport turi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tishganidan so‘ng jarohatlari qanchalik jiddiy ekanini bilamiz, - dedi Mirjalol Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!