AGMK murabbiyi mag‘lubiyatdan so‘ng: Mavsumni kuchli oltilikda yakunlash imkoni bor edi...

  • 30 noyabr, 2019, 19:20
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga oxirgi turida AGMK safarda "Buxoro"ga imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi yordamchisi Xayrulla Karimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

O‘yin kurashlarga boy tarzda kechdi. Har ikkala jamoa ochko zarur edi. "Buxoro" elitada qolish uchun kurashgan bo‘lsa, bizda mavsumni kuchli oltilikda yakunlash imkoni bor edi. Shu boisdan faqat g‘alabani ko‘zlagandik. Shuningdek, chempionat doirasida mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlab, finalda ko‘tarinki ruhda bormoqchi edik. Futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Mavsum uchun futbolchilarga rahmat aytamiz. Garchi chempionat tugagan bo‘lsa-da, oldimizda final turibdi. Biz bilan doim birga bo‘lib, har doim qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat. AGMK uchun mavsumning yakuniy qismiga aylanadigan finalga taraddud ko‘ramiz, - dedi Xayrulla Karimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодирбек Ахмедов
30/11/2019 20:41
Эй жингалак ,одамлани ахмок деб уйлаябсанми? Кани узбек футболи афсонаси бермайдилами интервьюларни додахужасини.Максадинга эришолмадиларинг ,кайтариб бер энди нимани олган булсанг