AGMK tajribali va nomdor futbolchi bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 20.01.2022 10:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan selektsiya ishlarini davom ettirmoqda. Shuningdek, klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o‘rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

Klub 2021 yili jamoaga kelgan yarim himoyachi Shohruh Gadoev bilan o‘rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Manbaning ma’lum qilishicha, Shohruh Gadoev 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

IMG_0571

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!