AGMKning "Paxtakor"ga qarshi o‘yinlardagi statistikasi ayanchli

  • 13 sentabr, 2022, 23:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxatkor" Superliga 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda 15 sentyabr kuni Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Mazkur bahsda jamoalarda diskvalifikatsiya bilan bog‘liq boshqa yo‘qotishlar mavjud emas.

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 29 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. 21 bellashuvda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 4 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 4 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. "Sherlar" 52 to‘p kiritib, 16 gol o‘tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni "Paxtakor" yirik g‘alaba bilan qo‘lga kiritgan. Olmaliqda kechgan 14 o‘yinning 11tasida Poytaxt klubi ustun kelgan. Mezbonlar esa 3 uchrashuvda yutuqqa erishgan. Safarda 27 gol urgan holda 7 to‘p o‘tkazib yuborilgan. O‘tgan yili Olmaliqda "sherlar" 3:0 hisobida zafar quchgan.

AGMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi 19-tur bellashuvi 15 sentyabr, payshanba kuni soat 19:00da Olmaliqdagi OKMK stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!