
Aguero "Barselona"dan pul talab qildi
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero mehnat munosabatlarini uzish bo‘yicha kelishuv doirasida klubdan uch million evro talab qildi. Bu haqda Kataloniya klubining 2023/2024 moliyaviy yil uchun hisobotiga tayanib, Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli shartnoma buzilganidan so‘ng "Barselona" unga pul to‘lashi kerakligiga ishongan. O‘z navbatida "ko‘k-anorranglilar" yillik hisobotlar taqdim etilgan kuni ushbu da’voni tegishli tartibda Ijtimoiy sudga yubordi.
Ma’lumot uchun, Serxio Aguero "Barselona" safiga 2021 yilning yozida “Manchester Siti”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U kataloniyaliklar libosida bor yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazdi va bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar