
Aguero Messi Evropaga qaytishi nimaga bog‘liq ekanini aytdi
Sobiq futbolchi Serxio Aguero, Lionel Messi Evropaga qaytishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Messi 2023 yilning yozidan beri MLSning “Inter Mayami” klubida to‘p surmoqda. Shunga qaramay, OAVlarda argentinalik yulduz Evropa futboliga qaytishi haqida mish-mishlar tarqatishadi.
Aynan shunday, mish-mishlarning biriga “Barselona” va “Manchester Siti” sobiq hujumchisi o‘z munosabatini bildirdi.
-Menimcha Leo Evropaga qaytishi shart emas. Chunki u bu mintaqada etarlicha o‘ynagan va ko‘plab sovrinlar yutgan. Messi qaerda va qachongacha o‘ynashni o‘zi hal qiladi,- dedi Aguero.
Fikrlar