
Aguero Messining raqamini olishdan bosh tortdi
“Barselona”ning yangi hujumchisi Serxio Aguero klubni tark etgan hamyurti Lionel Messiga tegishli bo‘lgan 10-raqamni olishdan bosh tortdi.
“Manchester Siti”dan kelgan futbolchi 19-raqamda to‘p surishga qaror qildi.
Ayni paytda Aguero kataloniyaliklarga yordam bera olmaydi. Mavsum oldidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda uning to‘piq qismida jiddiy jarohat borligi aniqlangan va Serxio bir necha hafta davomida davolanishi lozim.
Avvalroq, klub rahbariyati braziliyalik legioner Filippe Koutinoga ham jamoada etakchilikni o‘z qo‘liga olib, Messidan qolgan 10-raqamni olishni taklif qilgandi.
Fikrlar