Ahrol Risqullaev Osiyo kubogi 1-tur o‘yinida ishlaydi
U-20 Osiyo kubogining 1-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya — Ummon uchrashuvi hakamlari ma’lum bo‘ldi.
Mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Sanjar Shoyusupov hamda qirg‘izistonlik Soy Ramina yordam beradi. Kuvaytlik Abdulloh Jamali to‘rtinchi hakam vazifasini bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi — malayziyalik Subhiddin bin Mohd Solih.
2 mart, JANUBIY KOREYa – UMMON
"JAR" stadioni, 15:00
Ahrol Risqullaev
Sanjar Shoyusupov
Soy Ramina (Qirg‘iziston)
Abdulloh Jamali(Kuvayt)
Subhiddin bin Mohd Solih (Malayziya)
Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar