
"Air En-Nesyri" faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin
"Sevilya" hujumchisi Yusuf En-Nesiri faoliyatini "Tumanli Albion"da davom ettirishi mumkin.
"Estadio Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga "Vest Xem"dan jiddiy qiziqish bor. Londonliklar uni anchadan beri boshi jarohatdan chiqmayotgan Maykl Antonioga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘ryapti.
O‘z navbatida, andalusiyaliklar o‘z hujumchisini sotishga tayyor. Marokashlik forvard joriy mavsum 16 uchrashuvda atigi 2 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
En-Nesiri Marokash milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ayniqsa, chorak final bosqichidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi bellashuvda Yusuf balandga sakrab, raqib postiga yo‘l topgandi.
Fikrlar