Asosiy mazmunga oʻtish

Suv sporti

Akademik eshkak eshish. Terma jamoamiz Osiyo chempionatini 10 ta medal bilan yakunladi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Vakillarimiz qit’ada o‘z o‘rinlariga ega ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Tailandda akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlarida ham O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bir qator dasturlarda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Kun davomida sportchilarimiz 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.

Kumush medal:
LM2X: Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliev
M2: Shehroz Hakimov va Dilshodjon Xudoyberdiev
M4X: Davrjon Davronov, Mehrojbek Mamatqulov, Abdullo Muhammadiev, Shahboz Xolmurzaev
JM4X U19: Behruz Safarov, Samandar Hamroqulov, Muhammad Toliboev, Lazizbek Abdurashidov

Bronza medal:
JM4X U19: Ramizjon Mustafoev va Jonibek Mamadaliev

Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 1 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q