Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

O‘zbek va qozog‘ bokschilar jangi ko‘pchilik e’tiborini qozondi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kim kuchli ekani ringda ma'lum bo‘ladi

RCC HARD promousheni chempioni Torginbek Amirov Qozog‘iston vakili Kanat Sangil hamda o‘zbekistonlik bokschi Shahzodbek Shahobiddinov o‘rtasidagi jang borasida fikr bildirdi, deya xabar bermoqda Sports.kz nashri.

«Kanat jangga to‘liq tayyor, ruhiy jihatdan ham 100 foizga shay. To‘liq mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi, vazn tushirish jarayoni ham muvaffaqiyatli yakunlandi. Endi faqat ringga chiqib, g‘alaba qozonish qoldi. 

Bu ikki kuchli raqib to‘qnashuvi. Ikkalasi ham WBA Asia kamarlariga ega. O‘ylaymanki, bu kechadagi eng keskin va raqobatli jang bo‘ladi», — dedi Amirov.

Sangil — Shahobiddinov jangi 31 oktyabr kuni Aktobe shahrida o‘tadigan boks kechasi doirasida tashkil etiladi. Reyting jangi sakkiz raundga mo‘ljallangan bo‘lib, ikkinchi engil vazn toifasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Kanat Sangil (9-0-0, 4 KO) 2025 yil dekabrida filipinlik bokschi Brayan Kabrilos ustidan qozongan g‘alabasi orqali WBA Central Asia kamarini qo‘lga kiritgan. Qozog‘istonlik bokschining bu safargi raqibi Shahzodbek Shahobiddinov (8-3-0, 4 KO) esa yarim engil vaznda WBA Asia chempioni hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q