Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Barsa” olis Braziliyadan yangi iste’dod topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Skautlar yaxshi ishladi

Ispaniyaning «Barselona» klubi Braziliyaning «Atletiko Paranaense» jamoasida o‘ynaydigan 19 yoshli markaziy himoyachi Artur Diasga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubining skautlar bo‘limi rahbari Joau Amaral futbolchining o‘yinni baholash uchun Braziliya Seriya Asidagi «Baiya»ga qarshi uchrashuvni shaxsan stadionda kuzatgan. Bu haqida UmDois Esportes xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Atletiko Paranaense» o‘tgan yozda futbolchi uchun Angliya klubidan tushgan 21 million evrolik taklifni rad etgan.

Diasga «Barselona»dan tashqari «Tottenhem», Madridning «Atletiko» klubi, «RB Leyptsig», «Nyukasl» va «Benfika» ham qiziqish bildirmoqda.

Dias «Atletiko Paranaense»ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. U Braziliyaning 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasida o‘ynagan va yaqinda mamlakat milliy terma jamoasiga birinchi bor chaqiruv olgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Diasning bozor qiymati 3 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q