Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Akmaljon Isroilov mezbon bokschini muddatdan avval engib, chempionga aylandi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Hamyurtimiz finalda g‘alaba qozondi.

"World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bosqichga 7 nafar bokschimiz etib kelgandi.

-85 kg da ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Akmaljon Isroilov mezbonlar vakili Yakub Straszevski bilan oltin medal uchun jang qildi. Shiddatli kechayotgan to‘qnashuvda bokschimiz 2-raundda raqibni texnik nokautga uchratib, terma jamoamizga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, bizni oldinda yana bir charm qo‘lqop ustamiz Jahongir Zokirov va norvegiyalik Omar Shiha qarama-qarshili kutmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q