"Al-Nasr" Ronaldudan tashqari yana bir mashhur futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi
Krishtianu Ronaldu va Ngolo Kante yaqin kelajakda bir jamoada to‘p surishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Al-Nasr” 37 yoshli portugaliyalik yulduzdan tashqari yozda shartnomasi tugaydigan frantsiyalik yarim himoyachi bilan ham shartnoma imzolamoqchi.
Qayd etilishicha, Kante Londonga qattiq bog‘langan bo‘lsa-da, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Ngolo joriy mavsum “Chelsi” safida APLda 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar