"Al-Nassr" La Liga klubi bilan durang o‘ynadi. Masharipov uzoq tanaffusdan keyin asosiy tarkibda maydonga tushdi

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" jamoasi La Liga vakili "Almeriya" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Bellashuvning 18-daqiqasida Bilal Ture hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Taliska jarima zarbasidan super gol urdi. Jaloliddin uzoq tanaffusdan keyin yana safga qaytdi.

Masharipov belidan jarohat olib, O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini ham o‘tkazib yuborgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!