TIGGO 2 PRO

Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi yanvarda katta transferlarga qo‘l urmoqchi. "El Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, jamoa endi "Barselona" vakili Serxio Busketsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Saudiyaliklar Busketsga "Barsa"da beriladigan puldan bir necha barobar yuqori summa taklif qilgan. Ammo ispaniyalik yarim himoyachi arab mamlakatiga borishni ma’qul ko‘rmayapti.

Avvalroq, "Al-Nassr" jamoasining Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va N'Golo Kante kabi yulduz futbolchilarni sotib olmoqchi ekani borasida xabarlar tarqalayotgan edi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!