"Al-Sadd" ustozi "Nasaf"ga qarshi durang haqida: "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"

  • 9 aprel, 2022, 12:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Al-Sadd" va "Nasaf" o‘zaro durang o‘ynadi. Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida qatarliklar bosh murabbiyi Xavi Grasiya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Yaxshi jamoaga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdik. Birinchi qizil kartochka harakatlarimizni biroz sekinlashtirdi. Keyin, ikkinchi taymda Pedro ham maydondan chetlatildi. 

Shogirdlarimning bahs davomidagi sa’y-harakatlari, hisobni ushlab turish uchun kurashib, hatto g‘alabaga intilgani bilan faxrlanaman. Endi kelgusi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish lozim. Diskvalifikatsiyaga uchragan ikki futbolchining o‘rnini bilintirmaslik kerak".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!