Alaba "Real"dagi kelajagiga oydinlik kiritmoqda

  • 07.08.2025 03:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi David Alaba bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub avstriyalik futbolchi bilan bu yozdayoq xayrlashishni xohlamoqda, chunki u jamoada eng ko‘p maosh oluvchilardan biri sanaladi — yiliga 10,5 million evro (sof holda).

Shu bilan birga, 33 yoshli markaziy himoyachi jamoani tark etish niyatida emas. U "Real" safida qolish va asosiy tarkib uchun kurashishni istamoqda. Unga yaqin insonlarning ta’kidlashicha, Alaba kelasi mavsumda eng yaxshi sport formasini qaytarishga intilyapti.

David Alaba and Eduardo Camavinga of Real Madrid during training at Valdebebas training ground on August 05, 2025 in Madrid, Spain.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum David Alaba La Ligada jami 7ta o‘yinda qatnashgan. Mavsumning ko‘p qismini og‘ir jarohat sabab, o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!