Alaba: Riberi hamon jahon darajasidagi futbolchi
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi David Alaba frantsiyalik jamoadoshi Franka Riberining ayni damda ko‘rsatayotgan o‘yini haqid o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Uning o‘zlariga ko‘ra 34 yoshli futbolchi nemis grandiga hali ko‘p yordam berishi mumkin.
“Riberi hali-hamon jahon darajasidagi futbolchi hisoblanadi. U maydonda ham, maydondan tashqarida ham haqiqiy etakchi. Frank haliyam maydonda hal filuvchi rolni o‘ynaydi va u buni har hafta isbotlayapti”, - deydi avstryalik futbolchi Goal internet-nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Riberining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, myunxenliklar rahbariyati hozircha u bilan shartnomani uzaytirish haqida yakuniy qarorni qabul qilishgani yo‘q.



Fikrlar