Alamli mag‘lubiyatga chidolmagan Neymar va Donnarumma urishib ketdi

  • 10 mart, 2022, 13:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi nimchorak finalning javob uchrashuvida “Pari Sen-Jermen” hisobni ochganiga qaramay, ikkinchi bo‘limda Karim Benzemadan uchta gol o‘tkazib yubordi.

Tecno

Nufuzli turnirni tark etgan Parij jamoasi futbolchilari bellashuvdan keyin Neymar va Donnarummani ajratib qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Marca nashrining yozishicha, braziliyalik yulduz italiyalik posbonni raqibning birinchi golida xatoga yo‘l qo‘yganlikda ayblagan. Bunga javoban Janluiji ikkinchi gol Neymarning ishonchsiz o‘yinidan keyin vujudga kelganini aytgan.

Dahanaki jang haqiqiy mushtlashuvga aylanib ketishiga bir bahya qolgan. Biroq PSJning qolgan o‘yinchilari har ikki futbolchini ajratib qo‘ydi.

Ta’kidlash joizki, PSJdagi janubiy amerikalik legionerlar va Evropa chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan Janluiji Donnarumma o‘rtasida yashirin ziddiyat bor.

Neymar va Messi etakchiligidagi janubiy amerikaliklar darvozani ularning qit’adoshi Keylor Navas qo‘riqlashini istaydi. Bu borada ular bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga bosim o‘tkazib kelishi haqida ko‘p xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!