Aleksandr Kasyan: Hech kimga oson bo‘lmaydi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida Olmaliqning AGMK klubi "Shabab Al-Ahli"ga qarshi javob bellashuvida maydonga tushadi. Muhim bellashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida "yumronqoziqlar" hujumchisi Aleksandr Kasyan ham ishtirok etdi:

"Hammaga salom! Bizni ajoyib uchrashuv kutmoqda. Ertangi bahs qolgan o‘yinlar kabi juda muhim. Biz maydonga murabbiylarning ko‘rsatmasini bajarish uchun albatta g‘alaba ishtiyoqida chiqamiz. Har uchinchi kuni futbol o‘ynash futbolchilarda jismoniy yuklamalarni oshirmoqda. Oson bo‘layotgani yo‘q. Lekin biz qaerga kelayotganimizni bilardik. Bu - Chempionlar ligasi. Hech kimga oson bo‘lmaydi. Charchoqlarga qaramasdan maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz. AGMK Ar-Riyodga shunchaki kelmagan, balki oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun kelgan", - dedi Kasyan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!