Aleksandr Usik Mozes Itauma bilan jang qiladimi?

  • 13.03.2026 22:14
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

WBA, WBC, IBF va IBO yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Aleksandr Usik 21 yoshli britaniyalik bokschi Mozes Itauma bilan jang qilish imkoniyatlarini baholadi. 

"Yo‘q, men Itauma bilan jang qilishni istamayman, chunki u yosh yigit. Mozesning karerasi va rekordini buzishni niyatim yo‘q", — dedi ukrainalik "The Ring" jurnaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Usik oxirgi jangini 2025 yil 20 iyul kuni britaniyalik Daniel Dyubua qarshi o‘tkazib, beshinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.

G‘iyosiddin Uralov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!