
Aleksandr Usikka ot zarba berib yuborgan(mi?)
Og‘ir vaznda WBC, WBA, IBO, The Ring va WBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik bolaligi haqida aytib o‘tdi.
"Esimda, yoshligim biroz qiyin o‘tgan. U paytlar oddiygina yigitcha edim. Qishloqda turli ishlarni qilib yurardim. Kunlarning birida, tasodifan, bir ot boshimga zarba berib yubordi. Men o‘sha zahoti hushimni yo‘qotdim. Yodimda, o‘shanda tom ma’noda "nokaut" holatiga tushib qolgandim" - dedi ukrainalik taniqli jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Usik 19 iyul kuni IBF chempioni Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar