Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Aleksandr Volkanovski: "Islom Maxachevni faqat birgina jangchi nokaut qilishi mumkin"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

UFC sobiq chempioni rossiyalik va gruziyalik o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

Yarim engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Aleksandr Volkanovski rossiyalik Islom Maxachev (27-1) va gruziyalik Iliya Topuriya (16-0) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

“Men ikkisi bilan ham jang qildim. O‘ylashimcha, Maxachevni engish qiyinroq. Biroq ayni paytda uni nokaut qila oladigan birgina jangchi ham Iliya Topuriyadir" - dedi avstraliyalik "Red Corner MMA" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Volkanovski oxirgi jangida Topuriyadan 2-raundda nokautga uchragan edi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q