Aleksandr Xomyakov: "Bu savolga o‘zim ham javob topa olmayapman"

  • 19 may, 2023, 00:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida vodiy derbisi doirasida “Navbahor” o‘z uyida “Andijon”ni qabul qildi. Qiziqarli o‘tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mehmonlar xarchand urinishmasin baribir gol ura olmadilar. Uchrashuvdan so‘ng “Andijon” ustozi Aleksandr Xomyakov savollarga javob berdi.

- O‘yinga qanday baho berasiz?

- Ancha yaxshi o‘yin guvohi bo‘ldik. Oldin chempionatda yutqazgandik va o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olishni niyat qilgandik. Lekin “Navbahor” yaxshi harakat qildi va imkoniyatlarni ham yaratdi. O‘ylaymanki, ular haqqoniy g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Buning uchun “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

- Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon”ning moliyaviy muammolarga duch kelgani haqida gapirilyapti. Shu masalaga munosabat bildirsangiz.

- Bu to‘g‘risida aniq gap ayta olmayman. Bu savolga shu erda nuqta qo‘yaylik. Jamoamiz belgilangan rejaga muvofiq ish olib boryapti. Hayot esa davom etyapti. Bu erda hech qanaqa sir yo‘q. Hamma joyda muammo bor, buni rad etib bo‘lmaydi. Kelinglar, bu haqida gaplashmasdan, o‘yin xususida gaplashganimiz ma’qulroq.

xomyakov yangi1_4

- “Andijon” oxirgi ikkita uchrashuvda g‘alaba qozonayotib yakunda yutqazdi. O‘sha uchrashuvlarda nima sababdan so‘nggi daqiqalarda beshta himoyachi bilan o‘ynamadingiz? Taktik o‘zgarish qilmadingiz...

- 6 yoki 7 ta himoyachi bilan ham o‘ynashimiz mumkin. Nechta himoyachi bo‘lgan taqdirda ham har xil holat bo‘lishi mumkin. Nima o‘zgarish yuz beradi? Yana bitta himoyachi qo‘ysak ham nima o‘zgaradi? Savolni boshqacharoq qo‘yishimiz kerak-da! Gollar qaerdan va qanday urilayotganini tahlil qilishimiz lozim. Masalan, bugun 5 ta himoyachi bilan o‘ynashimiz shart emasdi. Havodan kelayotgan to‘p uchun kurashlarda raqibga yutqazmayapmiz. Bu unchalik to‘g‘ri savol emas. Boshqa jihatlarini ham o‘rganishimiz kerak.

- Oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborishning sababi nimada?

- O‘zimga ham shu savolni beryapman. Lekin biz qarab turganimiz yo‘q. Oxirgi daqiqalarda muvozanatni saqlash etishmayapti. Yana qaerdadir mahorat kamlik qilib qolyapti. To‘g‘ri, chempionatdagi oxirgi ikkita uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda darvozamizdan to‘p o‘tkazib mag‘lubiyatga uchrayapmiz. Albatta, bu alamli bo‘lyapti. Bu savolga o‘zim ham javob topa olmayapman.

- Chempionat doirasidagi uchrashuvda ham “Navbahor”ga imkoniyat boy berilgandi. Chempionatdagi va Kubokdagi uchrashuv bilan solishtirganda “Navbahor”ning o‘yinida qanday farqlar bor?

- Albatta, farqi bor. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar “Navbahor” jamoasi bilan o‘ynash ancha murakkab. Biz ham harakat qilyapmiz. Birinchi uchrashuvda ko‘proq himoyalangan bo‘lsak, bugungi bahsda ko‘proq o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik. Bugungi o‘yin menga ko‘proq ma’qul keldi. Biroq hujumda muammolarimiz borligi ko‘rinyapti. Imkoniyatlarga ega bo‘lyapmiz. Bizning vaziyatlarimiz ko‘proq standart holatlarda bo‘lyapti. Bugungi uchrashuvdan qoniqdim. Kurashyapmiz, ammo ba’zida mahorati etmay qolyapti.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
19/05/2023 04:55
Рах,мат Хомяков рах,мат болалар яхши ва кучлик у'йнадинглар Млх,ирбек х,ам биринчи у'йинида ёмон у'йнамади у'з устида ишласа келажакда яхши дарвозабон бу'лади кегинги у'йинларда галаба тилаймен
&
Bek 56
19/05/2023 04:57
Тузатиш; Мохирбек .дея у'к,илсин