Alisher Odilov nega bunday gol ko‘rsatishiga oydinlik kiritdi

  • 28.03.2026 03:54
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA Series turniri doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gabonga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan Alisher Odilov g‘alabaga quyidagicha izoh berdi.

"Assalomu alaykum hammaga. Barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin kutganimizdek qiyin kechdi va jismoniy jihatdan ancha qiynaldik. Allohga shukr muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi va biz bundan ham yaxshiroq harakat qilamiz".

Terma jamoaga chaqirilganligi haqida:

"Avvalambor, bu hammasi Allohning izni bilan bo‘ladi, mening o‘rnida boshqa futbolchi bo‘lishi mumkin edi. Menga nasib qilgan ekan. Ushbu yuqori tempda davom etamiz."

Gol nishonlashi haqida:

"Bu nishonlash UFC jangchisi Iliya Topuriyaga tegishli. Shunchaki, bu jangchi menga yoqqani uchun men ham uning harakatlarini takrorlayman."

O‘yin haqida:

"Birinchi taymda qiyin bo‘lgani sabab, jamoalar bir-biriga moslashishi qiyin bo‘ldi. Lekin ikkinchi taymda biroz bo‘lsa-da osonlashdi. Endi Venesuelaga qarshi bo‘ladigan o‘yinda bugungi xatolar takrorlanmaydi."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!