Alisher Samanov bronza medalni qo‘lga kiritdi

  • 04.10.2024 18:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Dzyudo

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu medal -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher Samanov hisobiga yozildi.

Yarim finalda imkoniyatni boy bergan polvonimiz bronza medali uchun bahsda italiyalik Henri Ovusu bilan to‘qnash keldi. Murosasiz bellashuvda yurtdoshimiz raqibini ushlash holatida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z nomini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!