Alisher Usmonov o‘z lavozimida qoldi

  • 27 noyabr, 2021, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Ayni daqiqada Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Kongressi davom etmoqda.

Tecno

Kongress kun tartibidagi asosiy masala tashkilotga yangi Olimpiada tsikli uchun rahbar saylash edi. Unda amaldagi prezident Alisher Usmonov g‘alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo‘ldi.

Mazkur tadbirga rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Eslatib o‘tamiz, A.Usmonov 2008-yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarib kelmoqda.

Quvonarlisi, saylov yakunlariga ko‘ra hamyurtlarimiz ham tashkilotning bir qator bo‘limlari tarkibiy qismiga kirishdi. Jumladan, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova targ‘ibot qo‘mitasi, Tokio-2020 Olimpiadasida referilik qilgan Aida Hasanova hakamlar qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.

Tadbir davomida 2023-yilgi jahon chempionati mezbonligiga da’vogar Toshkent shahrining taqdimoti namoyish etildi. Taqdimotni O‘zbekiston MOQ va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda Gulnora Saidova o‘tkazishdi. Garchi u ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa ham, yakunda mezbonlik Milanga nasib etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!