Alonso "Barselona" prezidentining gaplariga javob qaytardi

  • 26 iyun, 13:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Barselona" prezidenti Joan Laportaning Madrid klubi hokimiyat hissiga ega, kataloniyaliklar esa o‘zlik hissini himoya qiladi, degan bayonotiga javob berdi.

Tecno

"Men bu gaplarning kontekstini tushunmadim, lekin bu haqda chuqurlashishni xohlamayman. Bizda erkinlik va demokratiya hissi bor va o‘ylaymanki, ularda ham ma’lum darajada hokimiyat mavjud. Shuning uchun bu ikki tomonga ham ta’sir qiladi," - deya Alonsoning so‘zlarini keltirdi "Real"ning rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" o‘tgan mavsumni La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi. Ispaniya chempioni "Barselona" bo‘ldi. Xabi Alonso yozda "qaymoqranglilar"ni boshqarishni o‘z zimmasiga oldi. Bundan oldin ispaniyalik mutaxassis Leverkuzenning "Bayer" jamoasida faoliyat yuritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!