
Alonso “Real”da kimlarga ishonishi aytdi
“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transferlar davrida yana qaysi yangi o‘yinchilar kelishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
- Transferlar haqida nima deyish mumkin? Men bor e’tiborimni hozirgi tarkibdagi o‘yinchilarga qaratganman. Ularning har biri o‘zining bor imkoniyatini ishga bag‘ishlashini istayman.
Rodrigo masalasida shuni aytishim kerak, har yoz uning ketishi haqida mish-mishlar kelib chiqadi. Men Rodrigoga yuz foiz ishonch bildiraman, - dedi Xabi Alonso.
Ta’kidlash joizki, yozgi transferlar davrida madridliklar to‘rt nafar yangi o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Himoyachilar - Din Xyoysen, Alvaro Karreras, Trent Aleksander-Arnold va yarim himoyachi Franko Mastantuono endi “Real” sharafini himoya qiladi.
Shuningdek, “Kastilya” tarbiyalanuvchisi hisoblangan hujumchi Gonsalo Garsiya ham birinchi jamoaga o‘tkazildi.
Madridliklar safini himoyachilardan Lukas Vaskes, Xesus Valexo, yarim himoyachilardan Rayner, Luka Modrich va hujumchi Alvaro Rodriges tark etdi.
Fikrlar