Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

A’loxon Abdullaev IBA chempionlar oqshomida g‘alaba qozondi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Uning navbatdagi jangi kamar uchun bo‘ladi.

Bugun Rossiyaning Ufa shahrida IBA chempionlar oqshomi doirasida yosh iste’dodli bokschimiz A’loxon Abdullaev ringga ko‘tarildi.

U qozog‘istonlik Saparboy Aydarovga qarshi jang qildi.  Mazkur jang -75 kg vazn toifasida eliminator jangi bo‘ldi va unda hamyurtimiz ajoyib tarzda g‘alaba qozondi. Uning navbatdagi jangi IBA chempionlik kamari uchun bo‘ladi.  

Ma’lumot uchun, Aydarov professional boksda 8 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongandi. A’loxon Abdullaev esa havaskor boksda o‘smir-yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q