A’loxon Abdullaevning raqibi o‘zgardi. U mag‘lub bo‘lmagan bokschi bilan jang qiladi!

  • 19 iyul, 2024, 15:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iste’dodli bokschimiz A’loxon Abdullaev 26 iyul kuni IBA chempionlar oqshomida ham ringga ko‘tarilayotgan va uning raqibi qozog‘istonlik anchagina mahoratli Nurkanat Rais bo‘lishi kerak edi. Biroq, Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizning raqibi o‘zgardi. 

Ba’zi sabablarga ko‘ra, Nurkanat Rais bu jangda ishtirok eta olmasligini bildirgan. Uning o‘rnini esa yana bir qozog‘istonlik bokschi Saparboy Aydarov to‘ldirdi. Shuningdek, jang bo‘ladigan joy va sana ham o‘zgargan. Endi, yurtdoshimiz 8 avgust kuni Rossiyaning Ufa shahrida ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Mazkur jang -75 kg vazn toifasida chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, Ma’lumot uchun, Aydarov professional boksda 8 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. 

Tecno

Albatta, mazkur muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!