Alvares chempionlik kamarlarini sonini uchtaga etkazdi

  • 05.05.2019 17:35
  • 0
  • Boks

Bugun AQShning Las-Vegas shahrida WBC va WBA o‘rta vazn chempioni Saul "Kanello" Alvares IBF chempionlik kamari sohibi Deniel Jeykobksga qarshi ringga ko‘tarildi.

Kanello hakamlar qaroriga ko‘ra,  115-113, 115-113, 116-112 hisobi bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun, Alvares professional faoliyati davomida 52 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat hamda ikkita bahsda durang natijani qayd etgan. Jeykobksning rekordi esa 35-3ga teng bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!