Alvaro Arbeloa "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida gapirdi
Xabi Alonso iste’foga chiqarilgandan so‘ng uning o‘rnini Madridliklar sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa egalladi.
Matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis jamoaga tayinlanishiga izoh berdi.
"Bu alohida kun. "Real"da o‘ynagan kunlarim kabi. Men bu yerda 20 yildan beri yashayman. "Real" tarixdagi eng zo‘r jamoa. Men mas’uliyatni his qilaman va qo‘limdan kelganicha jamoa uchun borimni beraman. Bizda ajoyib jamoa bor. Shuni unutmaslik kerakki, bizda 6ta Yevropa Chempionlar ligasini yutgan futbolchilar bor. Aynan shu narsaning o‘zi ham "Real Madrid"ni tarixdagi eng buyuk jamoa ekanidan dalolat beradi", - dedi Arbeloa.
Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" keyingi uchrashuvini 14 yanvar kuni Ispaniya kubogining nimchorak finalida "Albasete"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar