Amaldagi jahon chempioni va bokschi-bloger o‘rtasida jang o‘tkazilsin!
2006 yildagi Pride FC Gran-prisi gʻolibi Mirko Filipovich "Krokop" ogʻir vaznda IBF chempioni Filipp Hrgovich va taniqli bokschi-bloger Jeyk Pol oʻrtasidagi jangni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlamoqda.
"Nega endi mazkur bahsni tashkil qilmaslik kerak?! Bu Filippga ham moliyaviy jihatdan katta foyda keltiradi. Hamma pul topish, oʻzi va oilasini taʼminlash uchun shunday qiladi. Men ham xuddi shu ish bilan shugʻullanganman. Odamlar nazarida goʻyo Yangi yil yoki Rojdestvo arafasida Yaponiyaга uchishni yoqtirardim. Nega? Umrida koʻrmagan odami bilan qon toʻkilguncha olishish uchunmi? Yoʻq, faqat menga juda yaxshi haq toʻlashardi va bu boshqalar kabi boʻlganidek yagona sabab edi. Kim boshqacha gapirsa, aldayotgan boʻladi", - deya Filipovichning soʻzlarini keltirdi "Net.hr" portali.
Maʼlumot uchun, Jeyk Pol Hrgovichning Mozes Itauma ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng u bilan jang qilish istagini bildirgandi.

Fikrlar