Amorim Manchesterdan haydalganini og‘ir qabul qildi

  • 06.01.2026 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim “Manchester Yunayted” rahbariyatining uni bosh murabbiylikdan ozod etish qarorini juda og‘ir qabul qildi.

Bu haqida Sky Sports mutaxassisning atrofidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, matbuot anjumanlaridagi bayonotlariga qaramasdan, Amorim klubni tark etish niyatida bo‘lmagan. U rahbariyat, jumladan sport direktori Jeyson Uilkoks tomonidan ortiqcha nazorat qilinganini va taktik qarorlarda to‘liq erkinlikka ega bo‘lmaganini his qilgan.

Amorim jamoa natijalari yetarli darajada bo‘lmaganini tan olgan va Aleks Ferguson davridan keyingi barcha murabbiylar orasida eng past g‘alabalar foiziga ega ekanini anglab yetgan.

Shu bilan birga, u agar lavozimida qolganida, jamoani bu mavsumda Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqishiga ishongan. Uning fikricha, qo‘shimcha resurslar berilganda bu nafaqat Yevropa musobaqasiga yo‘l ochar, balki klubga katta moliyaviy foyda ham keltirar edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!