Amorim sobiq futbolchilar tanqidiga javob berdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning sobiq futbolchilari tomonidan bildirilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi. Avvalroq mankunianliklarning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Amorim klubga mos kelmasligini aytib, uning ish uslubini qoralagan edi.
“‘MYu bu tavakkal va tomoshaboplik degani. Biz har doim hujumkor futbol o‘ynaganmiz”, — dedi Skoulz.
Ruben Amorim esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
“Buni normal holat deb hisoblayman. Men “Manchester Yunayted” murabbiyi sifatida hozircha etarlicha muvaffaqiyatga erishganim yo‘q. Ayniqsa, ushbu mavsumda ko‘proq ochko jamg‘arishimiz kerak. Shu sababli buni tabiiy holat sifatida qabul qilaman.
Ba’zan ular barcha ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi va ularga “Manchester Yunayted” ular o‘ynagan davrdagi standartlarga amal qilayotgandek, doim g‘alaba qozonishi kerakdek tuyuladi. Klubni hozirgi vaziyatda ko‘rish ularga qiyin.
Muammo g‘alabalarda emas. Muammo shundaki, men murabbiy sifatida o‘z ishimi etarlicha yaxshi bajarayotganim yo‘q. Bu ham fakt va men buni qabul qila olaman. Ular uchun yagona muammo jamoa g‘alaba qozonmayapti va bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘rinda emas. Agar g‘alaba bo‘lsa, muammo ham bo‘lmaydi."
Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” ayni paytda APL turnir jadvalida 25 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar