"An-Nasr" futbolchisi Evropaga qaytishni rejalashtirmoqda
"An-Nasr" yarim himoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini Evropada davom ettirishni maqsad qilgan. Ar-Riyod klubi 33 yoshli futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif etmoqda, biroq u hozircha javob bergani yo‘q.
Xorvatiyalik xavbek Evropaga qaytishni istayapti va shu bilan birga hozirgi maoshi juda yuqori ekanini tushunib turibdi. Shu sababli u maoshini jiddiy ravishda kamaytirishga tayyor. Manbalarga ko‘ra, transfer qishki oylardan birida amalga oshishi mumkin.

Marselo Brozovichning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunidan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi. U Saudiya Arabistoniga 2023 yil yozida ko‘chib o‘tgan. Unga qadar esa etti yil davomida Italiya A seriyasida milanning "Inter" jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar