"An-Nasr" hujumchisi Rossiya klubiga ko'chib o'tmoqda
Transfer huquqi "An-Nasr"ga tegishli bo‘lgan Jon Duran "Fenerbahçe"ni tark etib, Rossiya tomon yo‘l oldi. Uning keyingi manzili "Zenit" klubi bo‘ladi.
Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, kolumbiyalik straykerni Sankt-Peterburg klubi ijaraga oladi. Shartnomada esa sotib olish bandi bo‘lmaydi.

Ma’lumot uchun, Jonni "An-Nasr" "Aston Villa"dan 77 million yevroga sotib olgandi. U riyodliklar safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Turkiyadagi faoliyati qisqa bo‘lgan Duran "Fenerbahçe"da 21 ta bahsda ishtirok etib, 8 ta golda ishtirok etdi (5 ta gol + 3 ta assist).
Fikrlar